
Dyu Plessi: "Chimaevni o‘ldirish uchun oktagonga chiqaman"
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Drikus Dyu Plessi (22-2) mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Xamzat Chimaev(14-0)ga qarshi ehtimloy jang haqida gapirdi.
"Bu butunlay boshqacha bahs bo‘ladi! Menimcha, Hamzat reja bilan jangga chiqmaydi. Lekin men unday emasman. Chimaevni o‘ldirish uchun oktagonga chiqaman, uning tekdaunlariga shunchaki qarshi turish uchun emas”, - deya janubiy afrikalikning so‘zlarini keltirdi "Submission Radio".
Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi so‘nggi jangida Israel Adesanyani 4-raundda sabmishshin orqali mag‘lubiyatga uchratgandi.
Fikrlar