Dyokereshning agenti futbolchini "Real"ga taklif qildi. Javob esa ...

  • 17 iyun, 13:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyaning "Sporting" klubida harakat qilayotgan Viktor Dyokereshni Madridning "Real" klubiga taklif qilishgan, deb xabar bermoqda mashhur jurnalist Mario Kortegana.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, forvardning agenti futbolchini "qirollik klubi"ga taklif qilgan. Lekin jamoa prezidenti Florentino Peres klubga kerak emas, uning pozitsiyasida etarlicha o‘yinchilar bor deb hisoblab, rad javobini bergan.

Bu mavsumda 27 yoshli to‘purar barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Hattoki, oltin butsa uchun ham kurashayotgan edi. Ammo so‘nggi uchrashuvlarda umumiy foiz bo‘yicha Kilian Mbappe ilgarib ketib, sovrinni qo‘lga kiritdi.

Transfermarkt portali Dyokereshni 75 million evroga baholagan. Unga hozirda "Yuventus" va "Arsenal" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!