Durang kimga foyda yoxud "Bobur arena"da muxlislar gol ko‘rmadilar

  • 11 noyabr, 2024, 01:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turini yakunlab bergan “Andijon” – “Qizilqum” o‘rtasidagi bellashuv har ikki jamoa uchun muhim edi. Ayniqsa, “Andijon” dastlabki daqiqalardan ikkita xujumchi evaziga hujumkor tarkibda o‘ynay boshladi. “Qizilqum” esa avvalo himoyaga asosiy e’tiborini qaratdi va qarshi hujumlardan payt poyladi.

Tecno

Uchrashuvni faol boshlagan maydon egalari dastlabki daqiqalarda hisobni ochishga yaqin kelgandi. Hujumchi Rustam Turdimurodovning jarima maydoni atrofida yo‘llagan zarbasini “Qizilqum” darvozaboni Robert Ozols qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Birinchi bo‘limdagi yana bir xavfli vaziyat ham Turdimurodovda bo‘ldi. U jamoadoshining zarbasidan keyin darvozabon to‘pni qaytarib yuborgan mahalda qaytgan to‘pni darvozaga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Biroq shoshib yo‘llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar o‘yinini kuchaytirishdi. O‘yin davomida “Qizilqum”ning gruziyalik legioneri Akaki Shulayyaning ayrim zarbalari xavfli chiqdi. Murabbiylar vaziyatdan kelib tarkibda o‘zgarishlarni amalga oshirdilar. “Andijon” gol urish uchun harakat qildi, ammo hujumda etarlicha samaradorlik etishmadi. Tablodagi 0:0 hisobi esa uchrashuv oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

Ushbu durang ko‘proq "Qizilqum"ga foydali bo‘ldi. Chunki 9-o‘rini saqlab qoldi va bir ochko ham qo‘shib qo‘ydi.  

Endi “Andijon” navbatdagi turni 23 noyabr kuni yana “Bobur arena”da o‘tkazadi. Bu safar Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

“Andijon” – “Qizilqum” – 0:0.

10 noyabr. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 5442 tomoshabin.

Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Maksim Nexochin, Rasuljon Fozilov

Zaxira hakami: Jaloliddin Xusnitdinov

VAR: Davron Akmalov

AVAR: Edita Mirobidova

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Diyor Hotamqulov

“Andijon”: Eldor Adhamov, Vladimir Bubanya, Ildar Mamatkazin, Abdulvohid G‘ulomov, Sardor Azimov (Lyubisha Petsel, 84), Farhod Bekmuratov (Ilhom Abdug‘aniev, 72), Muhammadkarim Toirov (Shaxrom Samiev, 84), Damir Temirov (Levan Arveladze, 65), Bektemir Abdumannonov, Rustam Turdimurodov, Luka Zgurskiy (Farhod Sohibjonov, 65).

“Qizilqum”: Robert Ozols, Asror G‘ofurov, Fayzullo Qambarov, Nikolay Tarasov, Jamoliddin Ubaydullaev (Ilhom Vahobov, 70), Samandar Shukurullaev, Baxtiyor Qosimov, Shaxzod Rahmatullaev (Davron Anvarov, 79), Fayzulla Jumanqo‘ziev (Bobomurod Bozorov, 79; Abduholiq Tursunov, 90+6), Diyor Rahmatulloev, Akaki Shulayya.   

Ogohlantirishlar: Ildar Mamatkazin, 54 – Jamshid Saidov (bosh murabbiy), 60. Asror G‘ofurov, 90+6.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!