
Dunyoga mashhur klub chempionatda qatnashishdan bosh tortdi
Misrning eng mashhur jamoasi “Zamalek” koronavirus pandemiyasi davrida milliy chempionatni qayta tiklanishiga qarshi chiqib, musobaqada qatnashishdan bosh tortdi.
Misr futboli rahbarlari mavsumni yakunlab qo‘yish maqsadida chempionatni qayta tiklashga qaror qildi. Qohira shahri sharafini himoya qilayotgan “Zamalek” esa bu qarorga qo‘shilmayapti.
“Zamalek” futbolchilari karantingacha milliy chempionatda to‘rtinchi o‘rinda borayotgan edi.
Fikrlar