
Drikus Dyu Plessining navbatdagi raqiblari kim?
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus Dyu Plessi(21-2) navbatdagi raqibi kim bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi. Janubiy afrikalikning so‘zlariga ko‘ra, u Shon Striklend(28-6)dan qasos olishga va Israel Adesanya(23-3) bilan oktagonda uchrashishga tayyor.
"Men Israel Adesanya bilan jang qilishni afzal ko‘raman va u keyingi raqibim bo‘ladi deb o‘ylayman, lekin agar UFC Shon Striklend bo‘lishi kerak deb qaror qilsa, bunga ham qarshi emasman. Men oson janglarni tanlamayman va UFC menga qarshi kim qo‘ysa, o‘sha bilan jang qilaman", - dedi Plessi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Dyu Plessi Striklendni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylangan edi.
Fikrlar