
Drammatik kechgan o‘yinda "Atletiko" pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Evropa chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Portu" - "Atletiko" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:3 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlar safida Grizmann, Korrea va De Paul gol urgan bo‘lsa, "Portu" futbolchisi Oliveyra bunga bir bora javob qaytardi.
Shunday qilib, ochkolari sonini 7 taga etkazib qo‘ygan "matraschilar" "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 5 ochkosi o‘zgarmay qolgan "Portu" Evropa ligasiga yo‘l oldi.
Fikrlar