
Dramatik o‘tgan bahsda "Al-Hilol" "Al-Ittihod"ni taslim etdi, Mitrovichdan xet-trik
Saudiya Arabistoni chemionati 5-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "Al-Hilol" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Riyodliklar safida Mitrovich xet-trik qilgan bo‘lsa, yana bir golga Al-Dovsari mualliflik qildi. "Al-Ittihod" tarkibida esa Romarino, Benzema hamda Xamdalla o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar