
Dragan Cheran: Boshqa jamoaga o‘tish haqida umuman o‘ylamaganman
"Paxtakor" - "Nasaf" o‘rtasidagi Superkubok bahsidan (1:0) so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida sherlar etakchisi Dragan Cheran ishtirok etdi.
- O‘tgan yili kubok finalidagi bahsdan keyin bu o‘yin katta ahamiyatga ega edi. Jamoalar bir-birini yaxshi biladi. G‘alaba qozonib, Superkubokni o‘zimizniki qilib oldik. Mavsumni endi boshlayapmiz va har bir o‘yinga tayyor turishimiz lozim.
Biz birgalikda o‘ynaymiz. Gollar urishimda jamoa yordam beradi. Shaxsiy maqsad qo‘ymayman. Jamoa bilan birga harakat qilamiz.
"Paxtakor" - ikkinchi uyim. Boshqa jamoaga o‘tish haqida umuman o‘ylamaganman, - dedi Cheran.
Uchrashuvda yagona gol aynan serbiyalik futbolchi tomonidan kiritildi va u bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.
Fikrlar
. мансур
27/02/2022 20:30
Ғалабага энг катта ҳиссани Аъзамов қўшди, у ўйнаганида ютқазиб қўйишимиз ҳеч гап эмасди, Сайфиев ва Қувватовдан ҳам ҳар галгидек ажойиб "қовун" бўлди, хайриятки ўзлари тузатишди ҳатосини, мана шулар кетса Пахтакор анча сифатли жамоага айланади