Doroteya Virer jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

BEPUL PROPAN

Bugun Shvetsiyaning Estersund shahrida biatlon bo‘yicha jahon chempionati doirasidan o‘rin olgan so‘nggi poygalardan biri bo‘lib o‘tdi. Bir necha daqiqa avval ayollar o‘rtasida mas-start yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. 

Merganlik mahorati va chang‘idagi yuqori tezligi evaziga ushbu poygada italiyalik Doroteya Virer marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Ta’kidlash joiz, Virer uchun bu jahon chempionatining birinchi oltin medalidir. 

Ikkinchi o‘rin rossiyalik Ekaterina Yurlovaga nasib etgan bo‘lsa, bronza medali germaniyalik Deniz Xermanga nasib etdi. Birozdan so‘ng erkaklar ushbu yo‘nalishda startga chiqishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!