Donnarummaga “Siti”ga o‘tishni eng “ishkal” futbolchi aytgan ekan...

  • 3 noyabr, 16:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummaning so‘nggi pallada “Pari Sen-Jermen”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgani yozning eng ahamiyatli va muvaffaqiyatli transferlaridan bo‘ldi.

Tecno

26 yoshli golkiper “shaharliklar” safiga ko‘chib o‘tishdan oldin ilgari bu jamoada o‘ynagan Mario Balotelli bilan maslahatlashganini aytdi.

-  Men Mario bilan Italiya terma jamoasidagi faoliyatidan tanishman. U menga “Manchester Siti”ga o‘tishni maslahat berdi va bu klub haqida faqat yaxshi so‘zlar aytdi.

Asosan, men gaplashgan “Siti”ning barcha sobiq futbolchilari ham faqat ijobiy fikr bildirishdi. Shu sabab qaror qabul qilish men uchun oson bo‘ldi.

Umid qilamanki, men bu erda ko‘p yillar davomida o‘ynayman va klub tarixining bir qismiga aylanaman, - dedi Donnarumma City Report nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Mario Balotelli “Manchester Siti” safida 2010 yil yozidan 2013 yil boshigacha o‘ynagan edi. Italiyalik hujumchi o‘zining og‘ir xarakteri tufayli turli ko‘ngilsizliklarga aralashib qolishi bilan ham nom chiqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!