Donnarummaga APLdan taklif bor!

  • 12 iyul, 12:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya hamda PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar berishmoqda “Lequipe” nashri.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 26 yoshli posbon Angilyaga yo‘l olishi ehtimoli bor. Londoning “Chelsi” klubi darvozobonga qiziqish bildrimoqda. Hammasi futbolchining parijliklar bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari yakunlangandan keyin hal bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Italiyalik posbonning "Transfermarkt"dagi narxi 40 million evro deb belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida aynan PSJ bilan “Chelsi” chempionlik uchun maydonga chiqishadi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14 iyul, tungi soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!