Donnarumma va PSJ o‘rtasidagi shartnoma uzaytirilishi ehtimoli yuqori

  • 10 may, 16:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning GFFN manbasining xabariga ko‘ra, Janluiji Donnarumma va PSJ o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar ijobiy kechmoqda. Klubdagi manbalar italiyalik darvozabon bilan hamkorlikni davom ettirish borasida optimistik kayfiyatda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar davom etmoqda va hozircha asosiy so‘z Donnarumma atrofidagi shaxslarga tegishli. Ammo har ikki tomonda ham kelishuvga etishish istagi bor. Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2026 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida, italiyalik posbon parijliklar safida 38 ta bellashuvda ishtirok etib, 38 ta gol o‘tkazib yuborgan holda, 11 ta uchrashuvda darvoza daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!