
Donnarumma o‘zini tarbiyalagan klubning ashaddiy raqibi safiga o‘tadi
Frantsiyaning ko‘p karra chempioni “Pari Sen-Jermen” darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatida yana burilish yasashni mo‘ljallayapti.
Corriere della Sera nashrining ma’lum qilishicha, italiyalik golkiper yurtiga qaytishni reja qilgan.
Qizig‘i shundaki, “Milan”da tarbiyalagangan va bir necha yillar davomida shu jamoa darvozasini qo‘riqlagan Donnarumma keyingi ish joyi sifatida Milan shahrining ikkinchi klubi “Inter”ni tanladi. Bu jamoalar bir shahar sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa-da, bir biriga ashaddiy va azaliy raqib hisoblanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Donnarummaning “Inter”ni tanlashiga ushbu klub tizimida ishlayotgan sobiq ustozi Janluka Spinelli ta’sir o‘tkazayotgani aytilmoqda. “Inter” mavsum tugashi bilan tajribali posbon bilan muzokara boshlamoqchi.
26 yoshli darvozabonning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi. Transfermarkt portali ekspertlar Donnarummani 35 million evroga baholayapti.
Fikrlar