Donnarumma nega murabbiylar shtabidan norozi?

  • 29 noyabr, 2024, 17:25
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma PSJdagi vaziyatdan qoniqmayapti. U bosh murabbiy Luis Enrikening Chempionlar ligasidagi "Bavariya"ga qarshi o‘yin uchun uni zaxiraga qoldirish qaroridan juda g‘azablangan. Bu haqda "L-Equipe" nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, parijliklar murabbiylar shtabi Donnarummaning mahoratiga shubha bilan qaramoqda. Bunday holat italiyalik futbolchining o‘zini ham qattiq xafa qilayapti. U o‘zini jamoaning "birinchi raqamli" darvozaboni deb hisoblaydi va bu maqom uchun raqobatlashishni xohlamaydi.

So‘nggi ikki o‘yinda PSJ darvozasini rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qo‘riqladi. "Bavariya"ga qarshi o‘yinda Matvey bir necha xatoga yo‘l qo‘ydi va bu sababli muxlislarning tanqidiga uchradi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!