Donnarumma: "Men Xolandni tanlagan bo‘lardim"
"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarummaga Mbappe yoki Xolanddan birini tanlash haqida savol berildi.
"Erling chapaqay, shu sababli u Kiliandan farq qiladi. Ikkisiga ham qarshi turish judaa qiyin. Shuning uchun ularning birini tanlash biroz mushkul. Ammo men jamoamda Xoland o‘ynashini istardim", - dedi italiyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, Donnarumma Mbappe bilan 2021-2024 yillar oralig‘ida PSJda birga o‘ynagan edi.
Ma’lumot uchun, norvegiyalik forvard joriy mavsumda umumiy 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mbappe esa 15 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va 2 ta golga assistenlik qildi.



Fikrlar