Donnarumma: “Darvozabon uchun eng asosiysi – zarbani qaytara olish”
"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma zamonaviy futbolda darvozabonning oyoqda to‘p bilan harakat qilish qobiliyati haqida fikr bildirdi.
"Hozirgi futbolda bu sifat uchtalikdagi eng muhim qobiliyatlardan biri deb hisoblanadi. Lekin nima uchun shunday ekanini aniq bilmayman.
Mening fikrimcha, darvozabon uchun eng muhim jihat – zarbani qaytara olish. Albatta, oyoqda yaxshi o‘ynash bilan jamoaga yordam berish mumkin. Lekin asosiy sifat – bu zarbani qaytara olish", – deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, Donnarumma yozgi transferlar oynasida Frantsiyaning PSJ klubidan Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" jamoasiga kelib qo‘shilgan edi.



Fikrlar