
Donnarumma bugun yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
“Milan” klubi va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma yaqin vaqtlar ichida PSJga ko‘chib o‘tadi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 22 yoshli posbon bugun 17 iyun kuni Frantsiya grandi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu Italiya terma jamoasining Koverchanodagi qarorgohida amalga oshiriladi.
Donnarumma "Milan"ni erkin agent sifatida tark etadi va shu sababli PSJ ushbu transfer uchun “rossonerilar”ga hech qanday pul to‘lamaydi.
Janluiji Donnarumma hozirda Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionatida ishtirok etmoqda. U guruh bosqichining dastlabki ikki turida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar