Latofatli Donna Palermoda taslim bo‘ldi

  • 6 avgust, 2020, 12:10
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xorvatiyalik Donna Vekich va italiyalik Elizabet Kochiaretto Palermo shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.

Tecno

Ikki set davom etgan mazkur uchrashuvda Donna kutilmaganda raqibasiga 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Shu tariqa, "Palermo Ladies Open" turnirining chorak finalida Kochiaretto estoniyalik Anett Kontavet yoki germaniyalik Laura Zigemundga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!