Domracheva Kontiolaxti bosqichini g‘alaba bilan boshladi
Finlyandiyaning Kontiolaxti shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari start oldi. Regalmentga ko‘ra, ilk poyga ayollar o‘rtasida sprint yo‘nalishida kechdi.
Poyga davomida yuqori tezlik namoyish qilgan belaruslik sportchi Darya Domracheva ishtirokchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi. Garchi o‘q otishda 1ta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham, Daryaning vaqtini yaxshilash hech kimga nasib etmadi. Bitta ham xato qilmagan germaniyalik Frantsiska Xildebrand peshqadamga bor yo‘g‘i yarim soniya imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinna qo‘lga kiritgan bo‘lsa, italiyalik Liza Vitotstsi kuchli uchlikni yakunlab berdi. Bugun tunda ayni shu yo‘nalishda erkaklar bahs olib borishadi.
Biatlon. Jahon kubogi. Finlyandiya
Ayollar, sprint.
| 1 | Darya Domracheva | 20.56,8 (0+1) |
| 2 | Frantsiska Xildebrand | 00.00,5 (0+0) |
| 3 | Liza Vittotstsi | 00.05,5 (0+1) |



Fikrlar