
Dominikan Respublikasiga qarshi uchrashuvni muhim futbolchimiz o‘tkazib yuboradi
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov Misrga qarshi o‘yinida kichik jarohat tufayli zaxiraga olingan edi. Tekshiruvlar natijasida futbolchimiz Dominikan Respublikasiga qarshi 3-tur o‘yiniga qadar jarohatidan to‘liq tiklana olmasligi ma’lum bo‘ldi.
O‘FA Oston O‘runov o‘rniga qaydnomaga zaxiradan futbolchi jalb etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga so‘rov yubordi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Dominikan Respublikasiga qarshi uchrashuvi ertaga soat 18:00da start oladi.
Fikrlar