Dominik Livakovich jahon chempionati rekordini takrorladi

  • 10 dekabr, 2022, 10:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati chorak final dastlabki uchrashuvida Braziliya sensatsion tarzda turnir bilan xayrlashdi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Tecno

Darvozabon Dominik Livakovich penaltilar seriyasida Rodrigoning to‘pini qaytardi. Yaponiya bilan nimchorak final bosqichida esa u 3 ta penaltining yo‘lini to‘sdi.

Shu tariqa, darvozabon penaltilar seriyasida seyvlar bo‘yicha jahon chempionati rekordini takrorladi. Futbolchi bitta mundialda penaltidan 4 ta seyv amalga oshirdi va bu ishni uddalagan uchinchi darvozabonga aylandi.

Bungacha Serxio Goykochea (1990) va sobiq jamoadoshi Daniel Subashich (2018) mana shunday qahramonlik ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiyaning yarim finaldagi raqibi Argentina terma jamoasi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!