Doira chalib yurib, kikboksing bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbek o‘g‘loni haqida eshitganmisiz?

CHERY AUTO

O‘zbekiston kikboksingi bir necha yillar avval oltin davrlarini boshdan kechirgan. Juda ham kuchli kikboksing ustalariga ega edik. Ko‘plab jahon chempionlari etishib chiqqandi.  Almaz Yusupov, Alisher Abdullaev, Shavkat O‘roqov, Gulbahor Amantaeva, Timur Muhammedjonov bu ro‘yhatni uzoq davom ettirish mumkin.
Ular orasida Timur Muhammedjonov professional yo‘nalishdagi ilk o‘zbekistonlik jahon chempioni hisoblanadi. Biz “Pantera” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu yurtdoshimiz bilan yutub tarmog‘ida suhbat uyushtirdik. Ushbu suhbatdan ba’zi bir e’tiborga molik joylarini matnli tarzda e’tiboringizga havola etib boramiz.

Timur Muhammedjanov:  - Men yoshligimda sportdan uzoq bo‘lganman. Doira chalish to‘garagiga qatnar edim. Bu borada ham yaxshigina mahoratga ega bo‘lganman. Doira chalishga men kikboksing to‘garagini yonidan o‘tardim. Akmal Zokirov yoshlarga kikboksingdan saboq berardi. Bir kun to‘garakka ketayotganimda Akmal aka Zokirov menga kikboksingga qiziqmaysanmi, deb qoldi.  Men qatnashgan bo‘lardimku, lekin pul to‘lashga sharoitim yo‘q, deya javob berdim.  O‘sha vaqtda shu pulni to‘lashga ham imkoniyat yo‘q ekanda. Shunda Akmal aka agar shu bola bilan tengma-teng jang qilsang, seni tekinga shug‘ullantiraman deya, shahar chempioni bo‘lgan bolani ko‘rsatdi. O‘shanda 12 yosh edim. Yakunda, men shahar chempionini osonlik bilan urib qo‘ydim va shundan so‘ng, o‘zimda qiziqish ortib, kikboksing olamiga kirib ketdim. Havaskor yo‘nalishda jahon chempioni bo‘la olmadim. Biroq professionallar o‘rtasida ushbu unvonni qo‘lga kiritdim.

To‘liq intervyuni shu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!