
Dmitriy Bivol: Bu mening divizionim, mening kamarim, bu erda men chempionman!
Yarim og‘ir vaznda WBA chempioni Dmitriy Bivol Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu mening divizion, mening kamarim, bu erda men chempionman. Bu jangda g‘alaba qozonishim kerak, sababi "Kanelo" mening toifamga kelyapti va uni urishim shart.
Hamma jangchilar har xil. Ehtimol, Alvares men kabi tezkor, kuchli, harakatchan sportchi bilan to‘qnash kelgandir, biroq u bularning jamlanganini ko‘rmagan", - dedi Bivol.
Eslatib o‘tamiz, "Kanelo" va Bivol o‘rtasidagi jang 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar