Diyor Mirzaboev "Andijon" jamoasini vaqtincha boshqarib turadi

  • 5 aprel, 2020, 22:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 3-turidan keyin “Andijon” jamoasi bosh murabbiysiz qolgandi. Xabaringiz bo‘lsa, rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov ishdan bo‘shash haqida ariza yozganini ta’kidlagandi va tez orada iste’foga chiqqanini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng “Andijon”da bo‘shab qolgan bosh murabbiy lavozimiga qaysi mutaxassis tayinlanishi muxlislarni qiziqtira boshlagandi. Bu borada klub rahbariyati bir qator murabbiylarga taklif bilan ham chiqishgan. Ammo shu paytga qadar hech kim rasman bosh murabbiy sifatida e’lon qilingani yo‘q.

Tecno

Biroq endilikda rahbariyat bundan buyon jamoani kim boshqarishini deyarli aniqlashtirib olgan. Klub rasmiylarining aytishicha, bunga qadar “Andijon” jamoasining murabbiylar shtabida faoliyat ko‘rsatib kelgan Diyor Mirzaboev birinchi davraning oxiriga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlaydi. Aytish mumkinki, yosh murabbiy o‘tgan yillar davomida Xomyakovning shtabida yordamchi sifatida ishlab kelayotgandi. Endi esa uning zimmasiga jiddiy vazifa yuklanmoqda. Shuni aytib o‘tish lozimki, Mirzaboev "Andijon"ga kelgunga qadar Muborakning "Mash’al" klubida ham murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин Ш.И
06/04/2020 17:12
Менимча карантин муддати якунига етгунча майда-чуйда хар хил ког'оз ишларини бажариб туриш у/н тайинланган булса к/к.
Андижондек вилоятни футболи кучада колибдими.........
Mirali Hcerali
06/04/2020 17:51
Ким бу дийор мирзабой таржима холини билсаз йозворинг
Mirali Hcerali
06/04/2020 10:03
Ким у'зи бу бола умрида футбол у'йнаганми мамурият кенгрок шу бола хак,ида малумот беринглар