
Diplomat" klubi yosh dzyudochilari "Alibayli Cup" turnirida birinchi bo‘lishdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnir o‘z yakuniga etdi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Alibayli Cup" turnirida mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Gruziya singari o‘nga yaqin davlatdan yosh dzyudochilar ishtirok etdi.
Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligi va mamlakat dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan turnirda O‘lmas Gulliev murabbiyligidagi "Diplomat" dzyudo klubi tarbiyalanuvchilari ham muvaffaqiyatli rarzda qatnashishdi.
Quvonarlisi, ushbu jamoa dzyudochilari klublar o‘rtasida medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. "Diplomat" dzyudochilari 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal
-24 kg: Jasur Aliev
-34 kg: Ibrohim Bahodirov
-30 kg: Samiyusuf Abbosov
-50 kg: Shohjahon
Kumush medal
-27 kg: Muhammadyusuf Beshimov
Bronza medallar
-46 kg: Abdulloh Otamurodov
+46 kg: Qalandar O‘rolov
Fikrlar