
"Dinamo"ning "Metallurg"ga qarshi statistikasi qanday?
28 mart kuni Superliganing 4-turiga start beriladi. Shu kuni "Dinamo" - "Metallurg" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.
Samarqand hamda Bekobodning bosh jamoalari kuchlilar safida o‘zaro 40 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shulardan 14 tasida “Metallurg”, 18 tasida “Dinamo” g‘alaba qozongan. 8 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar farqi ko‘hna shahar jamoasi foydasiga – 56:50.
Har ikkala jamoaning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi – 5:0 (“Metallurg” 2019 yil, “Dinamo” 2001 yil).
“Metallurg” safarda “Dinamo” bilan 20 ta o‘yin o‘tkazgan: +3, =2, -15, to‘plar nisbati – 19:41.
Samarqandda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:
17.10.2022 «Dinamo» - «Metallurg» 0:1
06.04.2019 «Dinamo» - «Metallurg» 2:1
05.08.2017 «Dinamo» - «Metallurg» 0:3
02.05.2015 «Dinamo» - «Metallurg» 1:0
23.03.2014 «Dinamo» - «Metallurg» 2:0
Fikrlar