
"Dinamo"ning iyun oyi taqvimida o‘zgarishlar yuz berdi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi qoldirilgan o‘yinlar sababli Superliga iyun oyi taqvimida o‘zgarishlar yuz berganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 6-tur doirasidagi "Dinamo"ning "Olimpik" jamoasiga qarshi 7 may kungi o‘yini mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadzening iltimosi bilan PFL tomonidan qoldirilgach, "Dinamo"ning 4ta o‘yini sanasi o‘zgardi.
"Dinamo" - "Olimpik" bahsi 13 iyunga ko‘chirilgan bo‘lsa, "Dinamo" 4 kun o‘tib 11-tur doirasida "Lokomotiv" (17 iyun) mehmoni bo‘ladi. 12-turdagi "Andijon"ga qarshi o‘yin 21 iyun emas, 22 iyunga ko‘chirildi. "So‘g‘diyona"ga qarshi 13-turdagi o‘yin esa 27 iyundan 28 iyunga ko‘chirildi.
Fikrlar