
"Dinamo"da super mavsum o‘tkazgan futbolchi "Nasaf"ga o‘tishi mumkin
Yakuniga etgan mavsumda "Dinamo"da ajoyib mavsum o‘tkazgan Xislat Xalilov "Nasaf"ga o‘tishi mumkin.
Futbolchining "Dinamo" bilan amaldagi shartnoma muddati yakunlangan va u hozir erkin agent maqomida.
Xalilov sermahsul mavsumdan so‘ng yaxshilangan shartnoma kutishi tabiiy. Biroq, Vadim Abramov uni jamoada olib qolmoqchi.
Ma’lumot uchun, Xalilov o‘tgan mavsum Superligada 25 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar