"Dinamo" yozgi yig‘inni Belarusda o‘tkazadi

  • 10 iyul, 10:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarqandning "Dinamo" jamoasi Superliga 15-turi doirasidagi "Nasaf"ga qarshi (2:2) uchrashuvidan keyin qisqa ta’tilga chiqdi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, birinchi davrani muvaffaqiyatli o‘tkazgan Vadim Abramov shogirdlari bir haftalik dam olishdan keyin 14 iyuldan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi.

"Dinamo" jamoasi yozgi tanaffusda Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni hamda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan.

Xorij yig‘ini doirasida Samarqand jamoasi 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi ko‘zlangan. Raqib jamoalar va nazorat o‘yinlari sanasi haqida yig‘in boshlangach ma’lumot beriladi. "Dinamo" 12 kunlik yig‘indan 26 iyul kuni qaytadi.

Ma’lumot uchun, "Dinamo" Superliga 2-davrasining dastlabki o‘yinida 2 avgust kuni Samarqandda "Navbahor"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!