
"Dinamo" "Yangier"ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi
Pro-liganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi joriy yildagi dastlabki o‘yinini o‘tkazdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jomboyda o‘tkazilgan bahsda "pro-liga-2021"ning yangi a’zosi – “Yangier” “Dinamo”ga raqiblik qildi. Eldor Sakaev murabbiyligidagi yangierliklar bilan o‘yinda “Dinamo” murabbiylari bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.
29 yanvar. Jomboy tumani.
“Dinamo” – “Yangier” - 0:0
“Dinamo”: Farhod Rahmatov, Jasur Hasanov, Matvey Guyganov, Obid Jo‘raboev, Komil Sharofutdinov, Siroj Meliev, Faxriddin Alimov, Jamshid Hasanov, Sardor Eminov, Mixaylo Udod, Temur Ismoilov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Javlonbek Malikov, Akmal Kozimov, Sarvar Abdusalomov, Oybek Jo‘raev, Anvar Murodov, Islom Sharipov.
Fikrlar