
"Dinamo" yana mag‘lubiyatga uchradi
Pro-liganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi Toshkentdagi navbatdagi nazorat uchrashuvi doirasida Superligaga hozirlik ko‘rayotgan “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Farhodov, G‘iyosov va Tomivaning gollari mezbonlarni tanaffusga yirik hisobda chiqishlarini ta’minlagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Faxriddin Alimov o‘z goli bilan hisobni biroz qisqartirdi – 3:1. O‘tgan safar "So‘g‘diyona"ga imkoniyat boy berilgandi.
Ma’lumot uchun, “Dinamo” jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 8 fevral, dushanba kuni “Andijon” klubiga qarshi o‘tkazadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. 6 fevral (shanba)
"Bunyodkor" - "Dinamo"- 3:1
“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Sunnatilla Abdullajonov, Diyor Rahimqulov, Abdulla Abdullaev, Ulug‘bek Abdullaev, Ibrohim Ibragimov, Boburbek Farhodov, Odiljon Abdurahmonov, Xurshid G‘iyosov, Farruh Ikromov, Ibrohim Tomiva.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Shahboz Erkinov, Muhammadodil Qahramonov, Ibrohim Ibragimov.
“Dinamo”: Dilshod Hamroev, Obid Jo‘raboev, Komil Sharofutdinov, Islom Sharipov, Jasur Hasanov, Jamshid Hasanov, Oleg Marchuk, Shoxruh Abdurahmonov, Temur Hakimov, Sardor Eminov, Mixaylo Udod.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Asom Ahrorov, Sarvar Abdusalomov, Oybek Jo‘raev, Faxriddin Alimov, Siroj Meliev, Akmal Kozimov, Temur Usmonov, Javlon Malikov, Temur Ismoilov.
Gollar: Boburbek Farhodov, 3 - 1:0. Xurshid G‘iyosov, 20 - 2:0. Ibrohim Tomiva, 30 - 3:0. Faxriddin Alimov, 89 - 3:1.
Fikrlar