"Dinamo" yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 11 dekabr, 19:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" o‘z futbolchilari bilan shartnomalarni uzaytirishda davom etadi. 

Tecno

"Jaloliddin Jumaboev "Dinamo" bilan shartnomasini uzaytirdi.

«Dinamo» PFK shartnomasi yakuniga etayotgan bir qator o‘yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.

Jamoamizning etakchi himoyachilaridan biri Jaloliddin Jumaboev bilan ham amaldagi kelishuv 2026 yil oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Jaloliddin Vadim Abramov qo‘l ostida mavsum davomidagi ishonchli va barqaror o‘yinlari bilan murabbiylar, muxlislar ishonchini oqladi hamda «Dinamo»ning tarixdagi eng yaxshi natijasi takrorlanishiga katta hissa qo‘shdi.

Ishonamizki, kelasi mavsumda ham Jumaboev barqaror o‘yini, mehnatkashligi va gollari bilan Vadim Abramov boshqaruvidagi «Dinamo»ning muvaffaqiyatlarida munosib hissa qo‘shadi", - deya xabar berdi samarqandliklar klubi matbuoti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!