"Dinamo" stadionida ta’mirlash ishlari boshlandi

  • 25 dekabr, 2023, 15:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Dinamo" jamoasi Superligaga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan bir paytda, klub stadionida ham 2024 yilgi mavsumga taraddud hozirdan boshlangan.

"Dinamo" maydoni chimi so‘nggi yillarda mamlakatimizdagi eng ko‘rkamlaridan biri bo‘lsa-da, PFL talabiga binoan maydonning drenaj tizimini yangilash va zamonaviy holatga keltirish rejalashtirilgan edi. Shunga ko‘ra, 2011 yilgi stadion rekonstruktsiyasidan keyin 12 yil foydalanilgan maydon chimi olinib, Samarqand viloyat futbol akademiyasiga topshirildi.

"Dinamo" maydoniga tez orada yangi chim yotqiziladi. Maysa hozirda boshqa joyda parvarishlanmoqda. Ungacha maydonning drenaj tizimi to‘liq yangilanadi. Shuningdek, stadiondagi bir qator o‘rindiqlar yangilanadi.

"Dinamo" PFK bosh direktori Dilshod Sharofutdinovning ma’lum qilishicha, jamoa Superliga yangi mavsumini Samarqandda muxlislari qarshisida boshlashi uchun bor kuch va imkoniyat ishga solinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!