"Dinamo" so‘nggi bor "Qizilqum"ni qachon mag‘lub etganini bilasizmi?

  • 17 mart, 2022, 10:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 3-turida Samarqandning “Dinamo” klubi o‘z uyida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Tecno

Bilasiz, dastlabki ikki turda “Dinamo” yutqazgan bo‘lsa, “Qizilqum” aksincha 100 foizli natija qayd etib turibdi. Bu galgi uchrashuv ayniqsa mezbonlar uchun juda muhim. Chunki hozircha “Dinamo” hisobida ochko yo‘q.

Hozirga qadar ushbu jamoalar 36 marotaba maydonda to‘qnash kelishgan. “Dinamo” 10 ta o‘yinda yutgan, “Qizilqum” esa 16 ta bahsda raqibidan ustun kelgan. Yana 10 uchrashuvda durang kuzatilgan.

“Dinamo” so‘nggi bor “Qizilqum”ni 2014 yilgi mavsumda mag‘lub etgan. O‘shanda Samarqandda 2:1 hisobida ustun kelgan. Shundan beri raqibiga ochko ulashib kelmoqda. Navoiyliklar uchun "Dinamo" maydoni ancha "qulay". Ko‘ramiz, bu safar nima bo‘larkin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!