
"Dinamo" Ruminiya klubiga qarshi nazorat bahsida g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Superliga yangi mavsumiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi yig‘in doirasidagi ikkinchi uchrashuvida maydonga tushdi.
Bu safargi o‘rtoqlik o‘yinida Samarqand klubi Ruminiyaning “Chiksereda” jamoasiga qarshi saf tortdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Temur Ismoilov hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda esa bosh murabbiy Predrag Rogan tarkibda bir qator o‘zgarishlar qo‘l urdi. O‘yinning 55-daqiqasiga kelib Ruminiya klubi hisobni tenglashtirdi – 1:1. Uchrashuv shu hisobda yakunlandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Turkiya, Side.
10 fevral (payshanba)
“Dinamo” – “Chiksereda” (Ruminiya) - 1:1 (1:0)
“Dinamo” boshlang‘ich tarkib: Miloe Prekovich, Jo‘rabek Mannonov, Mixaylo Yovanovich, Saydullo Rahmatov, Shokir Yo‘ldoshev, Muzaffar Muzaffarov, Evgeniy Chumak, Temur Ismoilov, Oybek Nurmatov, Shohmalik Komilov, Sahob Rashidov.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar