
"Dinamo" Rossiya klubi bilan durang o‘ynadi
"Dinamo" jamoasi Abu-Dabi yig‘ini doirasidagi dastlabki o‘yinda maydonga tushdi.
Rossiyaning "Rodina" klubiga qarshi o‘tgan bahsning 1-bo‘limida samarqandlik yosh hujumchi Firdavs Abdurahmonov Ratinoning uzatmasini golga aylantirib, hisobni ochgan bo‘lsa, raqib 2-bo‘limda himoyadagi xatoni gol bilan jazoladi – 1:1.
Vakillarimiz o‘yin oxirigacha qator golli vaziyatlardan foydalana olishmadi. Jumladan, 76-daqiqada Vohidjon Oqbo‘taevning penaltidan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytarib qoldi. Yakunda bahs durang bilan tugadi.
Fikrlar