"Dinamo" qozoq klubidan 3 ta gol o‘tkazib yuborsa ham g‘alaba qozondi

  • 28 fevral, 2023, 20:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» jamoasi Toshkentda navbatdagi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Tecno

Qozog‘istonning 1-divizioni ishtirokchisi «Ontustik» klubiga qarshi bahs gollarga boy o‘tdi. Birinchi bo‘limda Elguja Grigalashvili va Kojo Joel «Dinamo»ning ikki goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda tarkib o‘zgargach, himoyachi Evgeniy Nazarov 3-golga, yarim himoyachi Javlon Malikov esa dublga erishdi. Chimkentliklar 3 ta gol bilan javob qaytarishdi – 5:3.

Shu kuni bosh murabbiy Vadim Abramov jarohati bor o‘yinchilardan tashqari, deyarli barcha futbolchilarni maydonga tushirib, sinovdan o‘tkazdi.

O‘rtoqlik o‘yini. Toshkent
«Dinamo» – «Ontustik» (Qozog‘iston) – 5:3
Gollar: Elguja Grigalashvili, Kojo Joel, Evgeniy Nazarov, Javlon Malikov 2 ta.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Evgeniy Nazarov, Xurshid Ubaydullaev, Salim Mustafoev, Koike Yuday, Erkin Boydullaev, Jasur Qurbonov, Hazrat Tursunqulov, Frantsis Narx, Elguja Grigalashvili, Kojo Joel
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Doston Foteev, Komil Sharofutdinov, Vohid Oqbo‘taev, Javlon Malikov, Derrik, Muhammadbobur Asadullaev, Bobur Mamadaminov, Valeriy Akopov, Bahodir Abduvaliev, Bahodir Nasimov.

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!