
"Dinamo" qarshisida endi OKMK yoxud statistik raqamlar qanday?
Bugun Superligaja 3-tur yakunlanadi. Olmaliqda OKMK Samarqandning “Dinamo”sini qabul qiladi.
«Dinamo» O‘zbekiston chempionati doirasida OKMKga qarshi 22 marta to‘qnash kelgan. Bahslarning 7 tasida «Dinamo» g‘alaba nashidasini surgan bo‘lsa, 11 ta o‘yin «konchilar»ning g‘alabasi bilan tugagan. 4 ta uchrashuvda esa jamoalar murosa yo‘lini tanlagan.
Gollar nisbati 22:33 ko‘rinishida, olmaliqliklar foydasiga. Bahslarda OKMK 37, «Dinamo» 25 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Dinamo»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:2 ga teng. OKMKning eng yirik g‘alabasi esa 4:0 natijasidir.
Jamoalarning Superliga doirasida Olmaliqdagi o‘zaro so‘nggi uchrashuvida «Dinamo» 2022 yil 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar