
"Dinamo" nazorat uchrashuvida OKMKga qarshi maydonga tushdi
Superligada yuzaga kelgan ikki haftalik tanaffusda Toshkent viloyatida yig‘in o‘tkazgan "Dinamo" jamoasi yig‘in yakunida Olmaliqda OKMKga qarshi ikkita nazorat bahsida maydonga tushdi.
Dastlab asosiy tarkiblar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda hisob mezbonlar a’zosi Xurshid G‘iyosov tomonidan ochilgan bo‘lsa, 1-bo‘limning o‘zida Markos Kayk goli bilan hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim yakunida Sanjar Shoahmedovning goli "Dinamo"ga nazorat bahsida g‘alaba keltirdi – 1:2.
Ikkinchi o‘yinda esa murabbiylar asosan yosh o‘yinchilardan iborat tarkibni sinovdan o‘tkazishdi va unda mezbonlar 2:1 hisobida ustun kelishdi. Ushbu bahsdan keyin "Dinamo" Samarqandga qaytdi. "Dinamo" 11 sentyabrdan o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Nazorat o‘yini. 9 sentyabr
OKMK – «Dinamo» - 1:2
Gollar: Xurshid G‘iyosov 10 – Markos Kayk 17, Sanjar Shoahmedov 68.
OKMK: J.Ilyosov, D.Ahmadaliev, S.Rahmonov, A.O‘lmasaliev, Sh.Gadoev, O.Rustamov, M.Qosimov, A.Sentoku, R.Sanches, K.Dattsi, X.G‘iyosov
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Salim Mustafoev, Dushan Miyich, Jahongir O‘rozov, Ulug‘bek Abdullaev, Frantsis Narx, Ratino, Maykon Duglas, Sanjar Shoahmedov, Markos Kayk, Anvarjon Hojimirzaev.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar