"Dinamo" nazorat o‘yinida maydonga tushdi
"Dinamo" jamoasi bugun, 18 noyabr kuni nazorat bahsida maydonga tushdi.
Murabbiylar shtabi "Dinamo" U21 va U19 jamoasi a’zolari hamda asosiy tarkibda nisbatan kamroq o‘yin amaliyotiga ega futbolchilarni maydonga tushirdi. Charxin qo‘rg‘onidagi "Dinamo" futbol maktabi stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda jamoaning aralash tarkibi "Namangan FA" jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi – 7:0.
Gollar Mirjahon Mirahmadov, Xislat Xalilov, Abdulahad Hoshimov, Oybek Hamroqulov, Behruzbek Obloqulov 2 ta, Ulug‘bek Hoshimov tomonidan kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, "Dinamo" Superligadagi navbatdagi uchrashuvni 21 noyabr kuni safarda "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar