
"Dinamo" "Nasaf" bilan durang o‘ynadi, tarkibga ukrainalik legioner qo‘shildi
Pro-ligaga hozirlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi Qarshida Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan “Nasaf”ga qarshi maydonga tushdi.
Dastlabki uchrashuvda murabbiylar Hakim Fuzaylov va Ro‘ziqul Berdiev asosiy tarkiblarni sinovdan o‘tkazishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda mezbonlardan Dilshod Rahmatullaev penaltidan foydalana olmadi. Shuningdek, Bobur Abduxoliqov, Husayn Norchaev, Suhrob Nurulloevda ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa, “dinamochilar”ning hujumlari qarshiliklar posboni Umid Ergashev tomonidan bartaraf etildi. Yakunda uchrashuv nursiz durang bilan tugadi.
Qayd etish joiz, shu kuni “Dinamo” safida yangi legioner – ukrainalik 23 yoshli yarim himoyachi Oleg Marchuk ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, “Dinamo”ni tark etgan Suhrob Nurullaev shu kuni “Nasaf” safida harakat qildi.
31 yanvar (yakshanba)
O‘rtoqlik uchrashuvi. Qarshi.
“Nasaf” – “Dinamo” - 0:0
“Dinamo”: Dilshod Hamroev, Matvey Guyganov, Komil Sharofutdinov, Jasur Hasanov, Islom Sharipov, Oleg Marchuk, Shoxruh Abdurahmonov, Jamshid Hasanov, Sardor Eminov, Siroj Meliev, Mixaylo Udod.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar bugun o‘zaro yana bitta uchrashuv o‘tkazishadi.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar