"Dinamo" klubi stadionga suv to‘lganiga izoh berdi. Ayni paytda o‘yingohda ahvol qanday? (Foto)
«Dinamo» stadionidagi holat bartaraf etildi, «Dinamo» - «Navbahor» uchrashuvi Samarqandda o‘tadi
Bir necha kuni davomida yog‘ayotgan tinimsiz yomg‘ir oqibatida 24 aprel, chorshanba kuni ertalab Samarqanddagi «Dinamo» stadioni maydoni suv bilan to‘ldi.
23-24 aprel kunlari Samarqand shahrida tinimsiz yoqqan kuchli yomg‘ir tufayli va «Dinamo» o‘yingohi shahar sathidan nisbatan pastroqda ekanligi bois, katta suv oqimi stadion ichiga kirdi va o‘yingoh drenaj tizimi bunday bosimdagi suvni bir vaqtning o‘zida tortolmadi.
Ammo yomg‘ir tingach, o‘yingoh drenaj tizimi hamda olib borilgan ishlar natijasida soat 14:00gacha favqulotda holat to‘liq bartaraf etildi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Superliga 6-turi doirasidagi 26 aprel kungi “Dinamo” – “Navbahor” uchrashuviga qadar stadion maydoni holati, ayni damdagi holatdan yanada ko‘rkam ko‘rinishga keladi.



Fikrlar