"Dinamo" jamoasi yana bir transferni e’lon qildi. Futbolchi "Neftchi"ning Superligaga chiqishiga hissa qo‘shgan (Foto)

  • 19 yanvar, 2022, 12:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi selektsiya ishlarini davom ettirmoqda.

Tecno

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, Saydullo Rahmatov «Dinamo» jamoasi safiga qo‘shildi. Klub va 29 yoshli himoyachi o‘rtasida bir yillik shartnoma imzolandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2022-01-19_09-51-40

Saydullo Rahmatov 2021 yilgi mavsumda «Neftchi» sharafini himoya qilib, farg‘onaliklar safida Superligaga yo‘llanma olgandi. Chap qanot himoyachisi faoliyati davomida «Neftchi» (2014 va 2021), «So‘g‘diyona» (2015), «Nasaf» (2016-2018), AGMK (2019-2020) klublari sharafini himoya qilgan.

29 yoshli himoyachi Pro liga-2021 mavsumida «Neftchi» safida 17 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!