"Dinamo" futbolchisi Turkiyada operatsiya qilindi

  • 16 dekabr, 09:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» safida bu yilgi o‘yinlari orqali Superliga kashfiyotlaridan biriga aylangan Oybek O‘rmonjonov mavsum yakunida jarohat olgandi.

Tecno

19 yoshli yarim himoyachi so‘nggi turdagi «Nasaf»ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotda jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng, futbolchining chap tizza oldingi xochsimon boylamining yirtilishi aniqlangandi. Kuni kecha Oybek Istanbulda tizzasidan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi va O‘zbekistonga qaytdi.

Tiklanish jarayoni bir necha oyni tashkil qiladi. O‘rmonjonov jarohat sababli yanvar oyida Saudiya Arabistonida o‘tadigan U23 Osiyo kubogini o‘tkazib yuboradi.

«Dinamo» PFK jamoa va barcha muxlislar nomidan Oybekka tezroq tiklanib, safga qaytishini tilab qolamiz, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!