
"Dinamo" bugun ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi
«Dinamo» jamoasi Toshkentda o‘tkazilayotgan mavsum oldi uchinchi yig‘ini doirasida bugun, 8 yanvar kuni nazorat bahslarida maydonga tushadi.
Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi «Lokomotiv» o‘rinbosarlar jamoasi va birinchi liganing «Olimpiya» klubiga qarshi bahslarda tarkibdagi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazadi.
Dastlabki o‘yin «Aviasozlar» mavzesidagi stadionda soat 10:30 da, ikkinchi bahs esa «Odil Junior» akademiyasi maydonida soat 15:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar