
"Dinamo" BAAga etib bordi. Gruziyalik himoyachi ketdi
«Dinamo» jamoasi Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik rejasidagi 4-yig‘in doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga etib bordi.
Abu-Dabi shahrida 17-29 yanvar kunlari o‘tkaziladigan xorij yig‘ini doirasida jamoa 5 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishini ma’lum qilgandik/
Ushbu bahslarda uch nafar futbolchi – himoyachilar Artyom Sokol va Odil Abdumajidov, hujumkor yarimhimoyachi Husniddin G‘ofurov jamoa ko‘rigida bo‘ladi. Avvalroq, jamoada bo‘lgan gruziyalik himoyachi Anton Tolordava mavsumni klubda boshlamaydigan bo‘ldi.
Ko‘rikdagi Samuel Baxa esa tarkibda olib qolinmadi. Dilshod Rahmatullaev esa jamoaning xorij yig‘inini o‘tkazib yuborib, klub Samarqandga qaytgach, tarkibga qo‘shiladi. Kojo Joel esa Osiyo kubogidagi ishtirokidan keyin klub safiga qaytishi rejalashtirilgan.
«Dinamo»ning Abu-Dabiga yo‘l olgan 37 kishilik ro‘yxati bilan tanishing:
Darvozabonlar: Farhod Rahmatov, Ravshanbek Yagudin;
Himoyachilar: Salim Mustafoev, Dushan Miyich, Vohidjon Oqbo‘taev, Komil Sharofutdinov, Anvar Fayzullaev, Xurshidbek Ubaydullaev, Ulug‘bek Abdullaev, Vladimir Kozak, Artyom Sokol;
Yarimhimoyachilar: Javlon Malikov, Damir Temirov, Akbar Ismatullaev, Humoyunmirzo Iminov, Xislat Xalilov, Muhammadbobur Asadullaev, Frantsis Narx, Abubakr Muydinov, Farrux Ikromov, Sanjar Shoahmedov, Bobur Yorbekov, Odil Abdumajidov, Husniddin G‘ofurov;
Hujumchilar: Emmanuel Yagr, Bahodir Nasimov, Anvar Hojimirzaev, Elnur Saitmurodov.
Bosh murabbiy: V.Abramov
Murabbiylar shtabi: M. Miftaxutdinov, A.Ananyan, A.Rahimov
Administrator: A.Bozorov
Tibbiy bo‘lim: I.Abduvohidov, B.Zoidov, R.O‘sarov
Operator: F.Yusupov.
Fikrlar