Din Xausenning jarohati qanchalik jiddiyligi bo‘yicha ma’lumot berildi
"Real Madrid" klubi himoyachisi Din Xausen Ispaniya terma jamoasi safida jiddiy jarohat olmagani ma’lum qilindi.
Avvalroq Xausen mushaklaridagi noqulaylik tufayli Turkiyaga qarshi JCh–2026 saralash uchrashuvini o‘tkazib yuborishi va termadan ketishi aytilgan edi. U shuningdek Gruziyaga qarshi o‘yinda (4:0) ham maydonga tushmadi.
"AS" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchida jiddiy muammo aniqlanmagan. Mushaklardagi noqulaylik ortiqcha charchoq bilan bog‘liq. Dinning termadan ketishi xavfsizlik chorasi sifatida amalga oshirilgan.



Fikrlar