Dillon Denis: "Jek Della Maddalena, Xamzat Chimaev va Islam Maxachev - men uchun oson "o‘lja"!"

  • 1 sentabr, 14:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazn toifasida "MisFits" Chempionlar Ligasi g‘olibi hisoblangan, amerikalik Dillon Denis o‘zini UFC ning etakchi jangchilariga qarshi ham ustunlikka ega ekanini ta’kidladi. 

Tecno

"Hozirgi kunda UFC da yulduzlar etishmaydi, u er juda zerikarli. Biroq ko‘plab muxlislar meni UFC da ko‘rishni istamoqda. Men har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyorman. Farqi yo‘q — bu Jek Della Maddalena, Kevin Xolland, Leon Edvards, Maykl Peydj, Xamzat Chimaev yoki Islam Maxachev. Ular men uchun oson "o‘lja". Men o‘zim qanchalik kuchli ekanimni bilaman", — dedi Denis "Bloody Elbow" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Dillon oxirgi paytlarda UFC ga ehtimoliy o‘tishi va mashhur jangchilarga qarshi kurashishi haqidagi bayonotlari bilan ko‘pchilik e’tiborini tortmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!