
Diego Simeone La Ligada ham transfer oynasi xuddi APLga o‘xshab chempionat startiga qadar yopilishini xohlaydi
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone transfer oynalarining yopilish vaqtlari borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Hammasi xuddi Angliyadagidek bo‘lishini xohlardik. Chunki, chempionat boshlanishidan avval ingliz jamoalarida tarkib shakllanib bo‘lgan bo‘ladi. Bu ruhiy jihatdan juda yaxshi. Chunki, siz e’tiboringizni yangi mavsumda aniq o‘ynaydigan futbolchilarga qaratasiz. Biz esa 2 sentyabrgacha kutishimiz kerak”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar