Diego Simeone EChLda qanday rekord o‘rnatdi?

  • 2 oktabr, 2019, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone UEFA Chempionlar ligasida rekor o‘rnatdi.
Aniqrog‘i, argentinalik mutaxassis "matraschilar" boshqaruvida ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida 35-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Shu tariqa Simeone bir ispan klubi bilan EChL uchrashuvlarida eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiyga aylandi.

"Atletiko" bosh murabbiyi bu borada afsonaviy Visente Del Boskedan o‘zib ketdi. U "Real" bosh murabbiyi sifatida Chempionlar ligasining 34 ta uchrashuvida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!